13-sentyabr Afrikada dunyodagi eng issiq harorat kuzatilgan kun

Dunyodagi eng issiq harorat + 58 C daraja 1922-yilning 13-sentyabrida Afrikadagi Liviya cho’lida kuzatilgan. Ammo mazkur ko’rsatgich ro’yhatga olinganidan 9 yil oldin Shimoliy Amerikaning Ajal vodiysi (+56,7 C daraja issiq) dunyodagi eng issiq joy bo’lgan. Chunki vodiydagi Beduoter («yomon suv”) hududida 1913-yilning 13-iyulida o’sha vaqtdagi dunyodagi eng yuqori havo harorati ro’yxatga olingan. Hozirda mazkur vodiy g’arbiy yarimshardagi eng baland harorat kuzatilgan joy bo’libgina qolmay, balki shimoliy Amerikadagi quruqlikning dengiz sathidan eng past (-85,5 metr) joyi hamdir. Ajal vodiysi – Shimoliy Amerika g’arbidagi Moxave cho’li va Katta havza o’rtasidagi botiq bo’lib, Kaliforniya shtatidagi S’erra Nevada tog’ tizmasining janubi-sharqida joylashgan. Vodiyda harorat juda issiq va quruq bo’lgani bois, bu yerga kelgan oltin izlovchilarning ko’pchiligi issiqdan halok bo’lgach, mazkur joyga «Ajal vodiysi” deb nom berilgan. Hududning eng ququr qismi – Beduoter sho’rxoklardan iborat bo’lsa, boshqa qismlarida ulkan qumli dyunalarni uchratish mumkin. 1933-yilda AQSh hukumati Ajal vodiysini milliy obida, deb e’lon qilib, davlat himoyasiga oldi. 1984-yilda vodiy YUNESKO qaramog’idagi biosfera qo’riqxonasiga, 1994-yilda esa Milliy bog’ga aylantirildi.