12-sentyabr Koreyada Chxusok (to’lin oy) bayrami kuni
Kuzda o’tkaziladigan Chxusok — bu bayram, to’lin oy kunlarida butun zamonaviy Koreya xalqi tomonidan zo’r ishtiyoq bilan kutib olinadi. Chxusok 8-oy taqvimining 15 kunida nishonlanadi. Agar juda aniq aytish kerak bo’lsa, Chxusok uch kunga cho’ziladi—festivalning birinchi va uchinchi kuni yig’inlardan so’ng va yo’lda o’tkaziladi. Bayramning avj nuqtasi kunning o’rtasi— sakkizinchi oy taqvimining 15 kuni hisoblanadi. Serqatnov shohko’chalar mashinalarga to’lib, deyarli barcha muassasalar va do’konlar uch kunga yopiladi. Barcha oilalar bir joyga yig’ilishadi, qabristonlarga borib olamdan o’tgan qarindoshlari ruhiga hurmat bajo etishadi.
Hamma bu bayramni o’zlari uchunqadrdon joylarda o’tkazishga harakat qiladi. Manzillarga yetib olish uchun samolyot va poyezdlarga biletlarni oldindan buyurib qo’yishadi. Bu bayram yilning eng muhim bayramlaridan biri hisoblanadi.