11-sentyabr Moskvada qorbobolar maktabi ochilgan kun
11-sentyabr Moskvada qorbobolar maktabi ochilgan kun
Ma’lumotlarga qaraganda, Moskvada 11-sentyabrda Qorbobolar maktabi ochilgan. Poytaxtning bolalar va o’smirlar saroyida professional artistlar tayyorlaydigan kurslar ochilgan, u yerda aynan bolalar bayramlarida va archalarida Qorbobo bo’lib ishlashga tayyorlaydilar. Tinglovchilarga Rossiyalik Qorbobolar tarixi, ona tili darslari, sahna grimi, ssenariy bo’yicha ishlash ishi, aktyorlik va pedagogik mahoratdan darslar o’tkaziladi. Ta’lim olishning uch haftalik vaqti mobaynida bo’lajak Qorbobolar bolalar va kattalarni bayram bilan to’g’ri tabriklashni, tadbirlani hech kim zerikib qolmaydigan tarzda o’tkazishni o’rganishadi. Ularning o’qituvchilar sifatida yangi yil bayramlari tashkilotchilari, rejissyorlar, ssenaristlar, kompozitorlar, grimm ustalari dars o’tadilar. Maktab tugashi arafasida esa ular oliy hakam, ya’ni bolalarga tomoshalar ko’rsatib imtixondan o’tadilar. Har bir bitiruvchiga Rossiya Qorbobosi muxri va Moskva bolalar bayramlari tashkilotchisi malakasini oshirish instituti guvohnomasi bosilgan rangli ismi yozilgan diplom beriladi. Ammo bu g’oya birinchilardan emas. Santa-Klauslarni o’qitish maktabi birinchi bor 1937-yilda Albion shaharchasida (AQShning Nyu-York shtati)da paydo bo’lgan. Keyinchalik bu maktab «Garvard” ga aylantirilgan.