3-sentyabr Butunjahon yolg’izlik bilan kurashish kuni
3-sentyabr Butunjahon yolg’izlik bilan kurashish kuni
Ba’zi insonlarga boshqalardan uzoqroq bo’lish yoqsa, ba’zilarga esa jamoada bo’lish yoqadi. Ammo ularning barchasi yolg’izlikda uzoq vaqt yasholmaydilar, chunki yolg’izlik insonni psixikasiga ta’sir ko’rsatadi; negaki odamda qo’rquv, hayajon, depressiya va turli o’ylarga olib keladi. Inson ijtimoiy mavjudot va unga doimo hamroh kerak. Jamityashunoslik ensiklopediyasiga ko’ra, yolg’izlik — bu insonni boshqalardan kommunikativ jihatdan uzoqdaligi, ijtimoiy aloqalarning uzilganidagi holati va hissiyotlaridir.
Yolg’izlik inson ruhiyatiga ta’sir qilib, og’ir kechinma, qayg’u, bezovtalik, tushkunlikka soladi. Yolg’izlik turli yoshdagi odamlarda og’ir kechadi, ayniqsa yosh bolalarda katta xavf tug’diradi.
Fransuz yozuvchisi Antuan de Sent-Ekzyuperi shunday deydi; «Men o’z yolg’izligimni bir o’zim yengishga umid qilmayman.Yolg’iz toshning o’zi hech nimaga aylanolmaydi — ammo boshqa toshlar bilan birlashib tosh qal’aga aylanadi”.
Yolg’iz odamlar soni yildan yilga oshib bormoqda, Bugungi zamonaviy dunyoda, real muloqot virtual muloqat bilan almashib, natijada yolg’izlik hissi nevrozga olib kelmoqda va odamlarda tushkunlik kayfiyati olib bormoqda.
Butunjahon yolg’izlik bilan kurashish kuni maqsadi o’zlarini yolg’izlikda yaxshi his qilmaydigan odamlarni birlashtirib, ularga yangi tanishlar, do’stlar orttirish va eski do’stlari bilan uchrashishga yordam berishdir.