31-avgust O`zbekiston Respublikasi Mustaqilligi qabul qilingan kun.
1991-yil 31-avgust kuni O`zbekiston Respublikasining Mustaqilligi e`lon qilindi. Inson uchun ozodlikdan qadrli ne`mat yo`q. 1991-yil 1-sentabr xalqimizning ma`naviy hayotida beqiyos o`rin egallagan har yili eng ulug`, eng aziz bayram sifatida katta shodu hurramlik bilan nishonlanadigan qutlug` ayyomga aylandi. Prezident Islom Karimov «Mustaqil o`zbek davlati-halqimizning tarixiy yutug`idir. Xalqi yuz yillar mobaynida ozodlikni orzu qilgan O`zbekiston chinakam mustaqillikni qo`lga kiritib, gullab yashnadi va farovonlikka erishishi taraqqiy etgan demokratik davlatlar qatori xalqaro hamjamiyatda munosib o`rinni egallash – biz ko`zlayotgan oliy maqsaddir” deydi. Yurtboshimizni tashabbusi bilan tilimiz, dinimiz, milliy g`ururimiz, Navro`z, Ramazon hayiti, Qurbon hayiti, kabi milliy bayramlarimiz qayta tiklandi. Yurtdoshlarimiz haj va umra safarlariga erkin borib keladigan bo`ldi. Davlat ramzlari qabul qilindi. Ilgari nomi ham, asarlari ham bizdan sir tutilgan buyuk ajdodlarimiz yana o`zimizga qaytdi. Toshkentdagi Temuriylar tarixi davlat muzeyi, Hazrati Imom, Samarqanddagi Imom Buxoriy, Urganchdagi Jaloliddin Manguberdi, Termizdagi Alpomish yodgorlik majmualari kabi ko`plab maskanlar mustaqillik sharofati bilan barpo etildi, qaytadan obod qilindi. Mustaqillikka erishgach milliyligimiz, ma’naviyatimiz, qadriyatlarimiz, madaniyatimiz qayta tiklandi. O`tgan 27 yil ichida O`zbekiston tanib bo`lmas darajada o`zgardi. Mamlakatimiz Birinchi Prezidenti Islom Karimov «Biz bundan buyon eskicha yasholmaymiz va bunday yashashga zamonning o`zi yo`l qo`ymaydi” deb ta’kidlaydi. Yurtimizda kun sayin bunyodkorlik ishlari jadallashmoqda: diyorimizda qad ko`targan muhtasham binolar, dilni yayratadigan istirohat bog`lari, ko`zni quvnatadigan ko`priklar bunyod etilmoqda.