25-avgust Toshkentdagi Yapon bog’i tashkil topgan kun
25-avgust Toshkentdagi Yapon bog’i tashkil topgan kun
Yapon bоg’i (Amir Temur shox ko’chasi, 107) — «O’zekspomarkaz” tarkibida. 2001-yil 25-avgustda ochilgan. Maydoni 4 gektar. O’zbekiston tashqi iqtisldiy aloqalar, investitsiya va savdo vazirligi va Yaponiyaning O’zbekistondagi elchixonasi tashabbusi bilan tashkil etilgan. Bog’qurilishi 1997-yil sentyabrda Toshkent markazidagi ko’l sohilida boshlangan. Yapon bog’i 2 qism: «Karesansui”- dzen-buddizim falsafasi asosida maxsus o’rnatilgan toshlar va daraxtlardan hamda «Chesenkaiyu”. Yapon sintoizmi quvnoqlik dunyosini aks ettiruvchi hovuz, jilg’a va gullardan tashkil topgan. Bog’da choy paviloni turli madaniy-ma’rifiy tadbirlar, yaponiyalik san’atkorlar ishtirokida konsertlaro’tkaziladi.