19-аvgust Havo shari bilan yuqori ko’tarilgan Dmitriy Mendeleyev quyosh tutilishi hodisasini kuzatgan kun

19-аvgust Havo shari bilan yuqori ko’tarilgan Dmitriy Mendeleyev quyosh tutilishi hodisasini kuzatgan kun

Havo shari bilan yuqori ko’tarilgan Dmitriy Mendeleyev quyosh tutilishi hodisasini kuzatdi.Quyoshning oy gardishi bilan to’silishi natijasida sodir bo’ladigai hodisa, Oy o’z harakati davomida Yer bilan Quyosh orasidan o’tayotib, ma’lum paytlarda Quyosh yuzasiin to’sib qo’yadi va Oy soyasi Erning ma’lum hududiga tushadi. O’sha joyda Quyoshning to’la tutilishi kuzatiladi va atrof qorong’ilashadi. Qolgan joylarda tutilish qisman kuzatiladi. Bir yilda 2 tadan 5 tagacha Quyosh tutilishi bo’lishi mumkin. Yerning Quyosh atrofidagi va Oyning Yer atrofidagi harakatlari cho’zinchoq orbitalar bo’ylab bo’lgani sababli ular orasidagi masofa doimo o’zgarib turadi. Natijada Quyosh va Oyning ko’rinma dioametri doim uzgarib turadi. Quyosh tutulishi paytida Oyning ko’rinma diametri Quyoshnikidan yetarlicha katta bo’lsa, to’la tutilish sodir bo’ladi va uning maksimal fazasi uzoqroq (7.5 min.dan oshmaydi) bo’ladi. Oy gardishi Quyosh gardishidan kichik bo’lsa. U Quyosh yuzasini butunlay to’sa olmaydi va bu paytda u osmonda ingichka yorug’ halqa (halqasimon tutilish) tarzida kuzatiladi. Oy o’z orbitasi bo’ylab sekundiga 1 km tezlik bilan harakatlangani uchun oy soyasi ham taxminan shunday tezlik bilan harakatlanadi, Lekin soya o’z o’qi atrofida aylanib turgan Yerga tushadi. Yer aylanishining yo’nalishi ham ma’lum bo’lgan. Bu saros deb atalib. U 18 yil 11 kun 8 soatga teng.