13-avgust Rossiyadagi Kostroma viloyati tashkil topgan kun
Kostroma viloyati Rossiya Federatsiyasidagi viloyat. 1944-yil 13-avgustda tashkil etilgan. Maydoni. 60,1 ming km.kv. Aholisi 786,3 ming kishi, asoan, ruslar. Shaharliklar 66%, 24 tumanga bo’lingan: 12 shahar, 8 shaharcha bor. Markazi — Kostroma shahri. Kostroma viloyati hududi past-baland tekislik. G’arbida Kostroma pasttekisligi, markazida Galich-Chuhloma qirlari va Unja pasttekisligi, shimoli-sharqida Shimoliy Uvallar bor. Foydali qazilmalari: yonuvchi slanetslar, torf, fosforit, sapropel. Iqlimi mo’tadil kontinental. Yanvarning o’rtacha harorati janubi-g’arbda-11,7 C dan shimoli-sharqda 14,2 C gacha.