Tailandda 12-avgust kuni Rama IX ning qaylig’i Sirikit malikasining tavallud kuni nishonlanadi. Bu kun butun Tailand xalqi uchun nafaqat bayram, balki Onalar Kuni milliy bayrami hamdir. Malika sharafiga konsertlar, sport musobaqalari o’tkaziladi, kitoblar yozilib, yangi tashkilotlar ochiladi. Sirikit malikasi 1932-yil 12-avgust kuni Tailand shahrida shahzodalar oilasida dunyoga kelgan. Malikaning tug’ilgan kuni butun shahar havo rang bayroqlar hamda malika portretlari ilinib bezatiladi. Bu kun ayollarga suvenirlar, jasmin gullari bilan bezatilgan taqinchoqlar tabriklash an’anasi bor, zero, bu gul malika ramzi hisoblanadi.