29-iyul San-Marinoda o’rta asrlar kuni

29-iyul San-Marinoda o’rta asrlar kuni

San-Marinoda «O’rta Asrlar” festivali – an’anaviy etnik festival bo’lib, bir necha asr ortta yashash hissiyotini bag’ishlaydi. Ushbu festival har yili iyul oyining oxirida boshlanib, 3 kun davom etadi. San-Marino respublikasi (Serenissima Repubblica di San Marino) Italiyaning markazida joylashgan. Dunyoning eng eski respublikasi sanalib, deyarli, mustaqil davlatdir. Zero, bu yer aholisi hanuz 1600 yil konstitusiyasi asosida yashash barobarida, bu aholiga zamonaviy demokratik respublika bo’lishda halaqit bermaydi. San-Marino maydonida to’qqizta qal’a-shahar — boshqaruv markazlari joylashgan bo’lib, ular eskilik timsolini aks etib turadi va ular juda go’zal manzara orasida joylashgan. Respublika poytaxti (San-Marino) hamda Monte Titano tog’i YUNESKO butundunyo merosi sanaladi. O’rta asr shahri San-Marino — respublikaning tarixiy markazidir, bu shahar muzey-shahardir! Bu erlarda, go’yo o’rtaasrlardan buyon vaqt to’xtab qolganday.