Nyu-Jersida Havo sharlari festivali — Shimoliy Amerikadagi eng yirik festivallardan biridir. Ushbu festival har yili iyul oyining so’nggi dam olish kunlari Redington shahrining Solberg aeroportida o’tkazilib, ilk bor festival 1983-yili o’tkazilgan. Ta’kidlash joizki, bu festival nafaqat uzoq yillik tarixga ega, balki Amerikaning eng yaxshi festivallar yuztaligidan ham o’rin egallagan va «Eng yaхshi maxsus tadbir” nominasiyasini qo’lga kiritgan. Har yili ushbu tadbir mehmonlari 200 ga yaqin bo’lib, ko’pchilik oilaviy qatnashadi. Uch kun davomida aeroporot osmoni yuzlab rangli havo sharlari osmonga ko’tarilganda kamalakning barcha ranglari ila yorqin tus egallaydi. Sharlar orasida parashyutchilar raqsi boshlanadi. Bu juda go’zal manzara!