Respublikada suv xo’jaligi xalq tarmoqlaridan biri sifatida shakllandi va aholi hamda xalq xo’jaligining suvga bo’lgan ehtiyojini qondirishga xizmat qiladi. Suv xo’jaligi tizimida melioratsiya qurilishini Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi, «O’zsuvqurilish” davlat konserni olib boradi. Samarqand vohalari, Farg’ona vodiysida qadimiy sug’orish inshootlari (kanallar, to’g’onlar, korizlar, va boshqalar) qoldiqlari hozirgacha saqlanib qolgan. Yangiariq (Farg’ona viloyati) va Eski Jo’n (Toshkent viloyati), Qumqo’rg’on (Surxondaryo viloyati) kanallari qurildi. Yangiariq (Farg’ona viloyati) va Eski Jo’n (Toshkent viloyati) kanallari qayta qurildi, bir qancha gidrotexnika inshootlari yangilandi, sug’orish kanallari va gidro inshootlar qo’l mehnati, hashar yo’li bilan qurilgan. Minglab ishchilar 1930-40-yillarda qo’l mehnati bilan Shimoliy Farg’ona va Janubiy Farg’ona kanallarini qazidilar. Toshkent, Toshsoqa (Xorazmda) va boshqa kanallarni qurishga minglab dehqonlar jalb qilingan. 1940-yil 270 km uzunlikdagi Katta Farg’ona kanali xashar yo`li bilan 45 kunda qurib bitkazilgan. 1950-60-yillarda Markaziy Farg’onani o’zlashtirish munosabati bilan Katta Farg’ona kanali rekonstruksiya qilingan. Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi tizimida bir qancha korporatsiya, ishlab chiqarish birlashmalari, ilmiy tajriba korxonalari faoliyat ko’rsatmoqda. Korporatsiya va birlashmalarining har biri o’z tizimida o’nlab sanoat va qurilish industriyasiga ega. Farg’ona kanalining ochilish kuni judda katta tantanaga aylangan. Bunda xalq sevgan sa’natkorlar va fan arboblari ishtirok etgan.