Har yili 18-iyul AQShda milliy xot-dog kuni (National Hot Dog Day) – milliy amerika taomiga bag‘ishlangan kun nishonlanadi. Bugungi kunda bulochka o‘rtasiga solingan sosiska ustidan surtilgan hantal va ketchup Amerika millik oshxonasi sanaladi. Lekin «xot-dog” tushunchasi AQShda 1893-yil «bulka ichidagi sosiska” yili deb e’lon qilinganidan buyon paydo bo‘lganligi hammaga ham ma’lum emas. Milliy bayram o‘rnida xot-dog Kuni AQSh savdo palatasi tomonidan 1957-yil rasmiy ravishda belgilangan. 1994-yil xot-dog va sosiskalar milliy rayosati (The National Hot Dog and Sausage Council) tashkil etilgan bo‘lib, mahsulot sifati, reklama hamda tekshiruv bilan shug‘ullangan. Statistikaga ko‘ra oxirgi yillarda xot-dog iste’moli aytarli darajada o‘sgan, o‘rtacha hisobda bir Amerika fuqarosi yiliga kamida 60 dona xot-dog yer ekan. Amerikaning mustaqilligi kuni esa taxminan 150 million xot-dog yeyilar ekan. Shuningdek, har bir Amerika shtatining o‘z xot-dog resepti bor. Masalan, AQShning janubida jo‘xorili xot-dog tayyorlashadi, Kanzasda xot-dogga pishloq va tuzlangan karam solinadi, Chikagoda esa olma va qisqichbaqali xot-doglar tayyorlashadi.