17-iyul AQShning Nyu Jersi shtatida Havo sharlari festivali
17-iyul AQShning Nyu Jersi shtatida Havo sharlari festivali
AQShning Nyu Jersi shtatida 17-iyulda havo sharlari festivali nishonlanadi. Redingtondagi Solberg aeroportida juda qiziqarli va omaviy tadbirlar o’tkaziladi. Ushbu bayram Amerikada 1972-yilda ilk bor tashkillashtirilgan. Festival kunida yuzlab chiroyli havo sharlari havoga uchiriladi. Bunday manzarani tomosha qilish uchun turli davlatlardan sayohlar tashrif buyurishadi. 200 mingdan ortiq odamlar ushbu bayram ishtirokchilaoiga aylanishadi. Figurali aerostatlar va dekorativ havo sharlair bo’yicha bo’lib o’tadigan musobaqalar — festivalning eng cho’qqisi hisoblanadi. Festival mehmonlarida ushbu kun osmonda bo’ladigan chiryli tadbirdan bahramand bo’lish bilan birga antiqa va chiroyli havo sharlari havo uchish imkoniyatlari paydo bo’ladi. Bayram dasturi turli qiziqarli tadbirlardan iborat bo’ladi. Festival doirasida bolalar o’yingohlari, kattalar uchun ekstremal attraksionlar, musobaqalar, ko’rgazmalar, musiqali dasturlar tashkillashtiriladi. Festival so’ngida, kechqurun havo sharlarining chiroq ostida shousi o’tkaziladi. Kechqurun ushbu bayramni hashamatli feyerverklar bezatib turadi.