6 iyun rus tili kuni bo‘lib, BMT ning boshqa rasmiy tillar kuni kabi, jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha
departament tashkilotiga tegishli olti rasmiy tillar bayramini xalqaro taqvimda 2010-yilda ta’ssis etishni taklif qildi. YUNESKO tashabbusi bilan har yili 21-fevralda nishonlanadigan Xalqaro ona tili kuni arafasida tegishli qaror qabul qilingan edi. Rus tili kunini bayram qilish uchun 6-iyun sanasi belgilandi. Bu buyuk yozuvchi shoir, dramaturg Aleksandr Sergeyevich Pushkinning tug‘ulgan kuni bilan bog‘langan. Pushkin zamonaviy adabiy rus tilining yaratuvchisi hisoblanadi. Aleksandr Sergeyevich yaratgan asarlarni sanab o‘tirishning hojati yo‘q — ular Rossiyada yashovchi yoki ruscha so‘zlashuvchi har bir insonga tanish. Rus tili — dunyoning yirik tillaridan biridir, eng tarqalgan slavyan tillaridan hisoblanadi, Yevropa tillaridan geografik ma’noda eng keng tarqalgan bo‘lib, shu tilda so‘zlashuvchilarning umumiy soniga ko‘ra jahon tillari ichida birinchi o‘ntaligidan joy olgan.