25-may Rossiyada tulenlar turkumiga kiruvchi Nerpenka kuni

25-may Rossiyada tulenlar turkumiga kiruvchi Nerpenka kuni
25-may kuni Baykal qirg’oqlarida ajoyib ekologik bayram-Nerpenka kuni nishonlanadi. Birinchi Nerpenkalar kuni 25-may 2003-yil Irkutskda o’tkazilgan. Avval mintaqaviy harakterga ega bo’lgan, keyinchalik Rossiyaning ko’pgina regionlarida ekologik sana kalendariga kiritildi. Nerpenka kuni-bolalar va o’smirlar ekologik loyihasidir. Oxirgi payitlarda bu hayvonlarning terisidan tayyorlangan narsalarga talab ortib bormoqda. Shuning uchun bu loyihaning maqsadi-Nerpa va ularning bolachalarini muhofaza qilishdir. Bu bayramni o’tkazish haqidagi taklifni Irkutsk shahridagi «Yosh liderlar maktabi” tashkiloti valantyorlari kiritdilar. Bayramning asosiy vazifalaridan biri o’sib kelayotgan yosh avlodni Baykal tabiatini asrab-avaylash, tirik jonivorlarga nisbatan mehr-muruvvatli bo’lishdir. Bu kun turli shaharlarda mavzuli aksiyalar, ko’rik-tanlovlar «Men yashashni istayman!”, «Meni himoya qil”, «Tirik Nerpa shapkadan a’lo” shiorlari ostida rasmlar ko’rgazmalari otkaziladi.