Bugun 24-sentyabr — Londonda Sherlok Xolms haykali ochilgan kun
Sherlok Xolmsga dunyoning ko‘plab shaharlarida haykal o‘rnatilgan.
Uning birinchi haykali 1988-yilda Meyringenda (Shveytsariya) paydo bo’lgan, keyingisi Karuidzavada (Yaponiya) ochilgan.
1991-yilda Edinburgda (Konan Doyl tug’ilgan joy) Pikardi Pleysda bronzadan yasalgan Xolms o’rnatildi.
Londonda 1999-yil 24-sentabrda Beyker-strit metro stansiyasi yonidada dunyodagi eng mashhur izquvar va detektiv Sherlok Xolms haykali ochildi.
Xolms uzoqlarga o’ychan qaragan, Londonning yomg’irli ob-havosiga mos kiyingan holda tasvirlangan — uzun palto, qirrasi mayda shlyapa kiygan va o’ng qo’lida trubka.
Uch metrli bronza yodgorlik muallifi mashhur ingliz haykaltaroshi Jon Dabldey edi.