2-sentabr — Ikkinchi Jahon urushi tugagan kun

Bugun 2-sentabr — Ikkinchi Jahon urushi tugagan kun


Manjuriyadagi yapon qo‘shinlari sovet armiyasi tomonidan tor-mor qilingach, 1945-yilning 2-sentabr sanasida AQShga qarashli «Missuri» harbiy kemasida general Duglas Makartur Yaponiyaning so‘zsiz taslim bo‘lgani haqidagi kelishuvni imzolaydi, bu esa insoniyat tarixidagi davom etgan eng qonli urush — Ikkinchi jahon urushining nihoyasini bildirar edi.

Shu tariqa 2194 kun davom etgan urush yakunlandi va general Makarturning “Bugun zambaraklar jim. Buyuk fojia nihoyasiga yetdi. Buyuk g‘alaba qo‘lga kiritildi” degan so‘zlari tarixdan joy oldi.

Urush ko‘lami shu qadar keng ediki, unda o‘sha davrda mustaqil bo‘lgan 73 davlatdan 1,7 milliard aholisi bo‘lgan 61 ta davlat ishtirok etgan bo‘lib, bu jarayon yer yuzi aholisining 80 foizini qamrab olgan bo‘lib, harbiy harakatlar 40 ta davlat, uch qit’a va to‘rtta okean hududida olib borilgan edi.