12-avgust — Isaak Zinger tikuv mashinasi uchun patent olgan kun
Bugun 12-avgust — Isaak Zinger tikuv mashinasi uchun patent olgan kun
1851-yil 12-avgustda amerikalik Isaak Zinger tikuv mashinasi uchun patent oldi va bu unga mashhurlik bilan birga millionlab dollar olib keldi.
Zinger tikuv mashinasini ixtiro qilmadi, balki mavjud uskunaga bir qancha o‘zgarishlar kiritdi.
Zinger mashinaga mato platformasi, matoni ushlab turuvchi moslama, yuqoriga va pastga harakatlanadigan, pastki qismida ko’zi bor igna qo’shdi hamda mokini gorizontal ravishda joylashtirdi, keyinchalik oyoq bilan boshqarish moslamasi ham qo’shildi.
Zinger mashinasi bir daqiqada 900 tikuv tezligida tikardi, bu deyarli har qanday uzunlikdagi uzluksiz tikuvni amalga oshirish imkonini berardi.
Ip endi chigallashib, uzilmasdi, tikuvchi esa matoda ikki qo‘li bilan ishlay olardi.