O’zbekistonda avto kredit 2020 YIL

Banklarda avto kredit berish uchun sharoitlar 2019-yilga nisbatan qanday o’zgarishlar kuzatildi.


2019-yil dekabr oyida aniq bo’lishicha, avto kreditdan qarzdorlar 2,7 barobarga oshgan. Bunday kreditlar bo’yicha qarz yuki 67.3% hollarda tavsiya etilgan darajadan oshadi. 2019-yilning 1-iyul xolati bo’yicha O’zbekistonda avtomobil kreditlari bo’yicha 85 ming dona debitor qarzdorlik mavjud edi, bu 2018-yilning xuddi shu davrga nisbatan 2.9 barobar va 2017-yildan 12 marta ko’p degani. Yopilmagan avtokreditlar umumiy soni 4519 ta, bu 2018-yilga nisbatan 2.7 marta ko’proq va  2017-yilga nisbatan 19 marta ko’proq.


2020-yilning yanvar oyida avto kreditga bo’lgan yuqori talabni 16 ta bank qoplashga tayyor. 2019-yildan asosiy farqi bu stavkalarning o’sishi. O’tgan yili o’rtacha foiz stavkalar darajasi 25-27% oralig’ida bo’lgan bo’lsa, endi eng keng tarqalgan avtokredit 30%. Barcha banklarga dastlabki to’lovni amalga oshirish majburiy. Odatda, bu avtomobil narxining 30%, garchi ko’proq va kamroq variantlar ham mavjud bo’lsada. Bir necha banklar boshqa banklarga nisbatan qulayroq avtokredit turlarini taklif qilmoqda — lekin dastlabki depozit miqdori va kredit muddatiga qarab foiz stavkasi o’zgarib boradi.




Iltimos, diqqat: ushbu ma’lumot faqat maqola e’lon qilingan vaqtda joriy hisoblanadi va faqat axborot maqsadida taqdim etiladi, aniq ma’lumot uchun bank bilan bog’lanishingizni tafsiya qilamiz.


Bank avtokredit jadvali 2020-yil yanvar oyi xolati.












































































































BankMuddatBosh/to’lovFoiz stavkasi

AgroBank12-24 oy50%28-30%
Asia Alliance Bank12-36 oy25%27-31%
Davr-Bank35 oygacha30%30%
Ipak Yo’li Bank36 oygacha40%23.8%
Ipoteka Bank12 oygacha40%30%
Kapital Bank12 oygacha30%24%
Orient Finans Bank48 oygacha25%26-28%
TrastBank36 oygacha30%24-28%
TurkistonBank36 oygacha30%28-30%
НаmkorBank36 oygacha30%30%
UzPromStroyBank12, 24, 36 oy25%28-31,9%
UniversalBank36 oygacha30%42%
SavdogarBank30 oygacha30%30%
Ravnaq-Bank12-36 oy30%28-32%
Ziraat Bank12, 24, 36 oy30%24-27%
Tenge Bank

36 oygacha30%25,9%