Dunyoning turli chekkalaridagi Disneylend’ga kirish narxi qancha?
Hatto o’ttiz yoshdan oshgan inson ham, hayotida kamida bir marta Disneylendga borishni orzu qiladi. Sayohat paytida misoli ertakda yurganday bo’lasiz.
Dunyoda faqat oltita wolt Disney ko’ngilochar bog’lari mavjud: ikkitasi AQShda, ikkitasi Xitoyda, bittasi Yaponiyada va bittasi Fransiyada. Ular doimo gavjum va ommabop diqqatga sazovor joyga yetib borish uchun navbatda turish kerak.
3 kunga bilet narxlari quyidagicha:
— Disney world, Florida $360;
— Disneylend, Kaliforniya $300;
— Disneylend Parij $236;
— Disneylend Gonkong $180;
— Disneylend Tokiyo $162;
— Disneylend Shanxay $183;
Bundan tashqari siz ikki tun uchun mehmonxonadan $246-680 atrofida xona xarid qilishingiz kerak bo’ladi.
1-3 kunlik chiptalarni rasmiy veb-saytlardan, Disneylendga kirishda yoki sotuvchilarning veb-saytlari orqali sotib olish mumkin.