Avtomobilni ro’yxatdan o’tkazish narxi qancha?
Bugungi kunda yurtimizda avtomoshina soni tobora ortib bormoqda va avtosalondan olasmi yoki ikkilamchi bozordanmi ushbu avtomotransport vositasini rasmiylashtirish talab etiladi.
Avtosalondan sotib olganda YXX bo’limlarida to’lovlar:
— Avtomobilni ro’yxatdan o’tkazish 300 ming so’m;
— Texnik pasport berish 210 ming so’m;
— Yangi raqam uchun to’lov 450 ming so’m.
Jami 690 ming so’m.
Ikkilamchi bozordan sotib olganda yuqoridagidan tashqari notarial to’lovlar ham mavjud:
— Notarial to’lov 3 BXM (900 ming so’m);
— Shtamp boji 10% BXM (30 ming so’m);
— Taqiqni tekshirish 15% BXM (45 ming so’m);
— Maslahat 5% BXM (15 ming so’m);
— Shartnoma loyihasini tayyorlash 10% (30 ming so’m).
Notarial to’lovlar jami 1 020 000 so’m.
Ikkilamchi bozordan avtomoshina sotib olganda notariusdan va YXX bo’limlaridan ro’yxatdan o’tkazish uchun jami to’lovlar bugungi kunda 1 710 000 so’mni tashkil etar ekan.