Eng arzon tugmali telefonlarning narxi qancha?

Eng arzon tugmali telefonlarning narxi qancha?


Nokia brendi ostida 4G texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydigan eng arzon telefonlar taqdim etildi. Ixcham Nokia 105 4G modeliga 1,8 dyuymli QQVGA (120×160 piksel) ekran va sig‘imi 1020 mA/soatga teng akkumulyator o‘rnatilgan. Shuningdek, fonar va FM-radio ham mavjud. Menyu va shriftlarni kattalashtirish, shuningdek, ekrandagi matnlar va foydalanuvchi harakatlarini ovoz chiqarib o‘qiydigan funksiyalari ham mavjud.


Ularning narxlari:

— Nokia 105 4G — $37;

— Nokia 110 4G — $41;


Ikkala yangi modelning o‘ziga xos jihatlaridan biri — 4G VoLTE tarmoqlarida yuqori aniqlikda ovozni uzata olish imkoniyati.