Facebook Mark Tsukerbergning xavfsizligi uchun qancha sarflaydi?
Facebook 2020-yili kompaniya bosh direktori Mark Tsukerbergni xavfsizligini ta’minlash uchun $23 mln dan ko’proq mablag’ sarflagan.
IT korporatsiyasi ma’lumotlariga ko’ra:
“U Facebook bilan sinonimdir, shuning uchun unga nisbatan salbiy fikr kompaniyamiz bilan bevosita bog’liq hisoblanadi.”
Kompaniya rahbari va uning oilasi xavfsizligini ta’minlash xarajatlari oldingi yillari quyidagicha bo’lgan:
— 2019 yilda $13,4 mln;
— 2018 yilda $10,4 mln.
2020-yilda himoya qiymati COVID-19 va xavfsizlik xodimlari sonining ko’payishi sabab ortdi.
@NarxiQancha | Manba (https://kod.ru/facebook-tratit-milliony-na-zuckerbergha/)