Yil oxiriga borib bitkoin narxi qancha bo’ladi?

Yil oxiriga borib bitkoin narxi qancha bo’ladi?


BTCC kriptobirjasining asoschilaridan biri, sobiq bosh direktor Bobbi Li CNBC nashriga bergan intervyusida, Bitkoinning narxi $300 ming gacha ko’tarilishini, shundan keyin esa uning narxi pasayishini aytdi. U bunday xulosaga ushbu kriptovalyuta qiymatlarining dinamikasini tahlil qilish orqali kelgan.


Tahlillarga ko’ra, bitkoin yozga borib $100 ming dan oshib ketishi mumkin va yil oxiriga kelib $300 ming ga kotarilishi mumkin bo’ladi. Biroq, bu bosqich tugagandan keyin bitkoinning narxi uzoq yillar davomida pasayadi.


CoinMarketCap ma’lumotlariga ko’ra, bitkoin kriptovalyutaning kapitallashuvi $1 trln dan oshgan.


@NarxiQancha | Manba (https://www.spot.uz/oz/2021/03/23/bitcoin-o/?utm_source=push&utm_medium=telegram)