Maxmud Murodov sof darmodi qancha

Maxmud Murodov shu paytgacha UFC’dagi janglaridan olgan gonorari va sof darmodi qancha bo’lgan?


Maxmud Murodov «Aldama meni» ko’rsatuvidagi ishtiroki davomida UFC’dagi janglarida qancha gonorar olganini aytib o’tdi. Unga ko’ra:


• 2019-yil 29-sentyabr kuni Alessio De Kiriki bilan bo’lib o’tgan jangdagi g’alabasi uchun $43 500;


• 2019-yil 7-dekabr kuni Trevor Smit bilan jang uchun $94 000;


• 2021-yil 24-yanvar kuni Endryu Sanches bilan texnik nakaut uchun $105 000.


Sof daromadi:

Ushbu mablag’lardan 30% soliq, har bir murabbiy (2 ta murabbiyi bor) uchun 10% dan jami 20%, 15% menejer, 10% borib kelish, Mexmonxona va boshqa xarajatlar 5-10% bo’lib, jami 80-85% xarajatlarga ketishini 15-20% o’ziga qolishini ta’kidlagan. Ya’ni umumiy $242 500 dan $206 ming (85%) sarf qilib o’ziga $36 375 (15%) qolgan.


Shuningdek, sportchi bundan tashqari boshqa daromad manbai borligini, UFC’dan ko’ra ungacha bo’lgan janglarida ko’proq daromad topganini ta’kidlagan.