«Mendirman Jaloliddin» filmiga qancha mablag’ ketgan

«Mendirman Jaloliddin» filmiga qancha mablag’ ketgan


O’zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi buyurtmasiga asosan suratga olinayotgan “Mendirman Jaloliddin” seriali, O’zbekiston tomonidan “Best organiser” MCHJ va Turkiyaning “Bozdag’ film” kinokompaniyasi o’rtasida tuzilgan shartnomaga binoan “Orient Finans Bank” tijorat banki homiyligi asosida amalga oshirilmoqda. Serialga $7 mln mablag’ sarflandi.


Eslatib o’tamiz, 2018-yil iyun oyida “O‘zbekkino” MA raxbariyati tomonidan “Menman Jaloliddin” nomli film yaratish haqida shartnoma tuzilib, avans sifatida 533 mln so‘m o’tkazilib, byudjet puli talon-taroj qilingan edi. Ushbu pullar keyinchalik byudjetga qaytarilgan.