Alisher Usmonov O’zbekistonga yil boshidan buyon qancha xayriya qilgan?
May oyida The Sunday Times nashri Alisher Usmonovni COVID-19 ga qarshi kurash uchun eng ko’p xayriya qilganlar ichida 1 o’rinda ekanligini ta’kidlagan edi.
Usmonovning O’zbekistonga qilgan xayriyalari:
31.03 — $20 mln: Mehr-shavqat va salomatlik fondiga (COVID-19)
23.04 — $5 mln: COVID-19 ga qarshi kursh fondiga.
07.05 — $10 mln: Sardoba toshqini talofatlari.
25.05 — $250 ming: Andijonlik 1000 ta oilaga ko’mak.
31.07 — $10 mln: COVID-19 ga qarshi kurash maqsadida.
Yil boshidan buyon metsenat O’zbekistonga jami $45,25 mln dollar xayriya qilgan.
Bundan tashqari 2019-yil bahorida Namangan viloyatida «Obod qishloq» dasturi uchun $50 mln dollar ajratgan edi.
May oyi holatiga ko’ra milliarder koronavirusga qarshi kurashish uchun Rossiyaga $126 mln dollar xayriya qilgan edi. Usmonovning bundan tashqari Qozog’iston, Italiya kabi davlatlarga ham xayriyalar qilganligi ma’lum.
Wikipedia ma’lumotiga ko’ra Usmonov 2005-2020 yillarda jami $2.6 mlrd dollarni xayriya qilishga ulgurgan. Manba
Alisher Usmonov dunyoning eng boy insonlari ro’yxatida $13,4 mlrd dollar boylik bilan 83-o’rinda, Rossiya bo’yicha 7-o’rinda turadi.
@NarxiQancha — Narxlar haqidagi #1 blog!