Kunjutli salat

Zarur mahsulotlar: 200 gr. tovuq go‘shti, 2 dona bodring, 2 osh qoshiq kunjut, salat bargi, 2 osh qoshiq soya sousi, 2 osh qoshiq o‘simlik yog‘i, uksus, sarimsoqpiyoz, shakar, qora murch, ko‘katlar kerak bo‘ladi.


Tayyorlanishi: tovuq go‘shtini suvda tuz va dafna yaproqlari solib pishirb olinadi.

Alohida idishga o‘simlik yog‘i, uksus, soya sousi, shakar, murch va sarimsoqpiyozni solib yaxshilab aralashtirib olinadi. Pishgan go‘sht va bodringni mayda somoncha shaklda to‘g‘ralib ustidan ziravorli aralashmani solib 30 daqiqaga muzlatgichga qo‘yiladi.

Tuxum, tuz va petrushka solib venchik yordamida aralashtirilib tovada pishirib olinadi va mayda somoncha shaklda to‘g‘raladi. Barcha mahsulotlar aralashtirilib likopchaga salat bargi qo‘yib ustidan salat solinadi va ustidan kunjut sepiladi. Yoqimli ishtaha!

BEGOYIM

soglom.uz/tavsiya/kunjutli-salat/