“Kuz” salati
Zarur masalliqlar: 2 dona sabzi, 3-4 bo‘lak sarimsoq, 200 gr dudlangan kolbasa, 2 dona bodring, 200 gr pishloq, 1 dona konservalangan jo‘xori va 200 gr mayonez.
Tayyorlanishi: qirg‘ichdan chiqarilgan sabzi va ezib olingan sarimsoq mayonez bilan aralashtiriladi. Kolbasa va bodring kubik shaklida to‘g‘raladi. Pishloq qirg‘ichdan o‘tkazib olinadi. Salat qavatma-qavat qilib tayyorlanadi: dastlab sarimsoq aralashtirilgan sabzi, kolbasa uning ustidan mayonez, bodring, so‘ngra jo‘xori solinadi. Salat usti ukrop bilan bezatiladi. Yoqimli ishtaha!
XurshidaBonu
soglom.uz/tavsiya/kuz-salati/