Mevali tort
Masalliqlar:
-biskvit
-qaymoqli krem(1-1.5stakan)
-1osh-q shakar
-7-8dona qulupnay, 1dona kivi, 0.5ta banan
Tayyorlash:
Qulupnayni ikkiga bo’lamiz,kivi va bananni parrak qilib to’g’rab olamiz.
Qaynagan 0.5stakan suvga shakarni solib eritib, eritmani sovutamiz.
Biskvitni orasidan ikkiga bo’lib, ostki qismiga 2-3osh-q shakarli eritmamizni yoyib quyamiz va ustidan qaymoqli kremdan surib chiqamiz.
So’ng biskvitni ikkinchi bo’lagini teskari qilib birinchisi ustidan yopamiz va yana shakarli eritmadan quyib, usti va yonlariga qaymoqli kremdan suramiz.
Tort yuzasiga mevalarni terib chiqamiz.
Tortning chetki qismini nasadka yordamida bezatib chiqamiz.
(manda krem kamlik qilib qoldi, kremni yoqtiradiganlar ko’proq, yoqtirmaydiganlar kamroq sursa bo’ladi)