Folbinlikning psixologik tahlili 16+

So’nggi paytlarda degan gap-so’zlar tez-tez quloqqa chalinmoqda. Keling dastlab muammoni tahlil qilishdan avval uning sabablariga to’xtalib o’tsak. Har qanday faoliyat jarayonida ma’lum bir muammolarning yuzaga kelishi tabiiy. Bu jarayonda esa ojiz insonlar ko’pincha aybni o’zgalardan qidirishga moyil bo’lishadi.


«zo’r folbin chiqipti, hamma aytgan gapi to’g’ri chiqar ekan, baxt chaqirish, ish yuritishni qoyillatarkan»


Ular uchun «sizni ko’ra olmaydiganlar ko’p ekan, ishingizni yurmaydigan qilib qo’yishibdi» (bu so‘zlarni kimlar aytishini yaxshi angladingiz) degan so’zlarni eshitish yoqimli tuyuladi. Huddi shu jarayonda «o’z-o’zidan qochish» ya’ni haqiqatni tan olmaslik holati yuzaga keladi. Shuningdek, «o’zgalarga aybni ag’darish orqali» insonlar ongini chalg’itishga, o’zini mukammal deya hisoblashga urinadi.


Endi folbinlarga to’xtalsak. Minglab «mijoz»larni qabul qiluvchi bunday odamlar bir qarashda qarshisidagi insonni qanday muammosi borligini, unga qaysi gap aytsa ma’qul bo’lishini yaxshi bilishadi.


— oltinchi hissiyot degan tushuncha mavjud bo’lib, bunda faktsiz biror narsa-voqelikni oldindan his qilish soddaroq aytadigan bo‘lsak ko‘ngil sezishi tushuniladi. Intuitsiya asosan ayollarda ko‘proq uchraydi, shu sababli folbinlarning aksariyatini ayollar tashkil etadi. Ammo, bu har doim ham sodir bo‘ladigan jarayon emas. Folbinlar odatda intuitsiyaning o‘rnini tahminiy farazlar va ‘‘mijoz’’idan eshitgan ma’lumotni yana uning o‘ziga boshqacha qilib qaytarish bilan to‘ldirishadi.


Psixologiyada intuitsiya


Muammoning ikkinchi tarafiga e’tibor qarataylik: nima uchun folbinlarning o‘zi yoki oila a’zolari baxtsiz? Nega ular odatda ko‘rimsiz uylarda istiqomat qilishadi. Aytadigan ‘‘tashxisidan oldin’’ ‘‘xizmat haqi’’ni gapiradigan ‘‘karomat sohiba’’lari shunchalar kamtarmikan?


‘‘odamlarni baxtini ochuvchi, ishini yurguzib yuboruvchi’’


Dinimizda folbinlik qilganlar va ularga ishonganlar ham qattiq qoralanadi. Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamga vahiy kelganidan so‘ng koinotda jinlar uchun to‘siq qo‘yilganini va ular firibgarlarga xabar yetkazishni ilojini qila olmasliklarining mazmunini nahotki anglash qiyin. Aslida pozitiv fikrlaydiganlar uchun muammolar to‘siq emas balki, manzilga yanada yaqinroq eltuvchi pillapoyadir. O‘zligingizni anglang, qiyinchiliklarga yechimni o‘zgalardan ayniqsa folbin-u firibgarlardan izlash aqliy salohiyati yetarli darajada rivojlangan insonlarning ishi emas.



manbaa:»Facebook»dagi Qalb me’morlari guruhi