Stress nima?
Buni tushunish uchun stressning asosiy alomatlarini ko‘rib chiqamiz:
✔Doimiy bezovtalik, tushkun holatda yurish, ba’zida bu holatlar hech qanday sabablarsiz yuzaga keladi.
✔Yomon, notinch uyqu.
✔Depressiya, jismoniy zaiflik, bosh og‘rig‘i, charchoq, biron narsa qilish yoqmasligi.
✔Diqqatni kamayishi, bu o‘qish yoki ishlashni qiyinlashtiradi. Xotiradagi muammolar va fikrlash jarayonining sekinlashishi.
✔Dam olish, ish va muammolarni bir chetga chetga surib qo‘ya olmaslik.
✔Boshqalarga, hatto eng yaxshi do‘stlarga, oila va yaqin kishilarga qiziqishning yo‘qligi.
✔Doimiy paydo bo‘ladigan yig‘lash, ko‘z yosh to‘kish, xafagarchilik, umidsizlik, o‘z-o‘ziga achinish hissi.
✔Ishtahaning pasayishi — ba’zida esa aksincha: oziq-ovqatni ortiqcha yeb yuborish.
✔Ko‘pincha asabiy odatlar rivojlanadi: kishi labini tishlaydi, tirnoqlarini tishlaydi va hokazo. Kishida befarqlik, odamlarga ishonchsizlik paydo bo‘ladi.
✔Agar siz stress holatda bo‘lsangiz, bu bir narsa demakdir: sizning organizmingiz qandaydir tashqi ta’sirga javob reaksiyasini qaytardi.
Bulardan qaysi biri sizda kuzatilsa shoshilmang. Biroz o‘tirib chuqur nafas oling.
Stressni oldini olish va davolash.
Barchaga ma’lumki, yaxshi uyqudan ko‘ra yaxshiroq dori yo‘q. Shunday ekan, siz qanday uxlashingiz haqida o‘ylab ko‘rishingiz kerak. Quyida uyquni yaxshilashga yordam beradigan ba’zi tavsiyalar keltirilgan.
✔Muntazam mashqlar normal uyqu uchun katta yordam beradi. Ularni yotishdan ikki soat oldin, ochiq havoda bajarish tavsiya etiladi.
✔Uxlashdan oldin issiq vanna qabul qilib, sokin musiqa tinglashingiz mumkin. Har kuni buni qilishga harakat qiling.
✔Uyqu normal va sog‘lom bo‘lishi uchun organizmga melatonin deb ataladigan gormon kerak. U gormon B guruhi vitaminlari qabulidan keyin ortadi, bu vitamin esa guruch, bug‘doy, arpa, pista urug‘i, quritilgan o‘rikda ko‘p bo‘ladi.
✔Yotoqxona shovqinli va yorug‘ bo‘lmasligi kerak, bular tinch uxlashga xalaqit beradi.
✔Stressli vaziyatni yengishda bir tekis va sokin nafas olish yordam beradi. Nafasni burun orqali chuqurroq olish kerak, chiqarishda esa sekin, og‘iz orqali chiqarish kerak.
✔Stressda to‘g‘ri ovqatlanish ham muhim ahamiyatga ega. Oziq-ovqat oson va yaxshi hazm bo‘lishi kerak. Shoshmasdan, kam-kamdan ovqatlaning. Ovqatlangandan keyin bir oz dam olish kerak.
✔Stress bilan kurashishda xalq tabobati usullari bor. Moychechak yaxshi ta’sirga ega. Uning damlamasi bosh og‘rig‘i, uyqusizlik bilan kurashadi va tinchlantiruvchi ta’sirga ega. Bu zo‘riqishni, tashvishlarni yengillashtirish uchun ishlatiladi, hatto og‘ir stressda ham yordam beradi. Melissadan tayyorlangan choy uyqusizlik va depressiya uchun yaxshidir.
psixolog Sarvar Qaxxorov tayyorladi
pmt.uz