Psixologik immunitet 12+


“Immuniteti past odam darrov shamollab qoladi” deyishadi. Buni hammamiz bilamiz.


Psixologik immunitet haqida eshitganmisiz?


Sal gapga arazlaydigan, yig‘laydigan va shu sababli darrov janjallashib ketadigan odamlarning psixologik immuniteti o‘ta past bo‘ladi. Bundaylar darrov nevroz kasalligiga chalinishadi, depressiyaga tushib qolishadi va ulardan psixologik yordamsiz chiqishga ancha qiynalishadi. Psixologik immunitetni qanday qilib oshirish mumkin?


Agar tana immuniteti jismoniy chiniqish orqali kuchaytirilsa, psixologik immunitet ruhiyatni chiniqtirish orqali kuchaytiriladi. Xo‘sh nima qilish kerak?


Psixologik immunitet qanday yo‘llar bilan kuchaytiriladi? Avvalombor inson ilmli bo‘lishi kerak. Ilmli degani – bu oliy ma’lumotli bo‘lish degani emas. Har bir inson, ayniqsa yoshlar tarbiya borasidagi kitoblarni o‘qib, ibrat beruvchi hikoyalarni tinglab, hayot tajribasiga ega bo‘lgan insonlar suhbatini tinglab, kattalar o‘gitiga amal qilib yashasa unda psixologik immunitet shakllanib boradi.




psixolog Ma‘ruf Kubayev tayyorladi

pmt.uz