Psixologiyada bor-yo‘g‘i chorak soat davomida eng baxtli kishiga aylanish uchun yordam beradigan uchta qoida bor.
Bir yil uchun oldindan reja tuzing
Ko‘pincha ish va turmush tashvishlariga boshimiz bilan sho‘ng‘ib, ko‘plab qiziqarli narsalar mavjud ekanini unutamiz. Qulaylik zonasidan chiqish kerak va bu foydali. Kelasi bir yil uchun oldindan qiziqarli mashg‘ulotlar ro‘yxatini tuzish uchun bir necha daqiqa ajrating. Shunday qilingki, hech bo‘lmaganda bir oyda bir marta siz bilan qiziqarli holat yuz bersin. Ana shundan keyin o‘ylagan orzularingizni amalga oshirish rejasini tuzish kerak. Ro‘yxat oddiy ro‘yxat bo‘lib qolmasligi uchun darhol ishga kirishing.
Ish va orzularingizni bir-biriga moslashtiring
1,5 yoki 10 yildan keyin qanday odam bo‘lishingiz haqidagi tasvirni xayolingizda chizing. Nimaga erishishni istaysiz, kim bo‘lishni maqsad qilasiz, qaerda ishlamoqchisiz? Bularning barini qog‘ozga tushiring. Ro‘yxatni hozirgi kuningiz bilan taqqoslang. Joriy rejangiz o‘ylagan maqsadingizga erishishda yordam beradimi? Agar yo‘q bo‘lsa, uni to‘ldiring. Balki biror narsani olib tashlash yoki o‘zgartirish kerakdir. Buni haftasiga kamida 2 marta bajarish tavsiya etiladi.
Baxt qutisini yasang
Chiroyli quti yoki idishni oling. Unga «Baxt onlari» deb nom bering. Biror yaxshi hodisa yuz berganida uni qog‘oga yozib, qutiga soling. Qutidagi qog‘ozchalarni vaqti-vaqti bilan o‘qing va yoqimli onlarni yana bir bor his eting. Bu sizga yanada ko‘proq xursand bo‘lish va hayotga yengilroq munosabatda bo‘lishda yordam beradi.
Kamola Ismoilova tayyorlandi
pmt.uz