Kun tartibi qanday bo‘lishi kerak?

Mutaxassislarning fikricha, ertalabki jismoniy mashg‘ulotlarni soat 07:00 gacha rejalashtirgan ma’qul. Bu vaqtdagi mashqlar nonushtagacha yog‘ ajralmalarining ko‘proq parchalanishiga imkon beradi. Eng qiyin ishlarni uyg‘ongandan so‘ng uch soat o‘tib bajarish kerak (taxminan 09:45 larda diqqatni jamlash, ijodkorlik, xotira faolligi ko‘rsatkichlari ortadi). Bir soatdan keyin stress holati paydo bo‘la boshlaydi (ayniqsa mehnat haftasining boshida). Shuning uchun mutaxassislar 10:45 larda kichik tanaffus qilishni maslahat beradi.




Tushlikni 12:15 atrofida qilgan yaxshiroq. Tadqiqot natijalariga ko‘ra 15:30 da odamning irodasi sustlashadi va biror narsa tamaddi qilishga xohish paydo bo‘ladi. So‘rovlardan ma’lum bo‘lishicha, 39 foiz odam 15:00 dan so‘ng parhezni buzadi.


22:10 larda uxlagani yotish ma’qul. Uyquga ketish uchun o‘rtacha 20 daqiqa, chuqur uyqu bosqichiga o‘tish uchun 90 daqiqa kerak bo‘ladi. Jami uyqu davomiyligi 7–9 soat bo‘lishi maqsadga muvofiq. 18 yoshdan kichik shaxslar esa 10 soatgacha uxlashi kerak.


Mirjalol Madvaliyev tayyorladi.


soglom.uz/tavsiya/kun-tartibi-qanday-bolishi-kerak/