Olmali parhez organizmni tozalovchi va ortiqcha vazndan xalos etuvchi eng keng tarqalgan parhezlar sirasiga kiradi. Chunki olma yordamida ozish juda samarali. Siz bu parhez bilan 7 kun ichida 7 kg. gacha vazndan xalos boʼlishingiz mumkin. Lekin, bunday natijaga erishish uchun kuchli iroda talab etiladi.
7 kunlik parhez
Birinchi kun: 1 kg olma.
Ikkinchi kun: 1,5 kg.
Uchinchi kun: 2 kg.
Toʼrtinchi kun: 2 kg.
Beshinchi kun: 1,5 kg.
Oltinchi kun: 1,5 kg.
Yettinchi kun: 1 kg.
Ushbu parhez davomida siz istalgan miqdorda koʼk choy va gazlanmagan suv ichishingiz mumkin. Bundan tashqari, bu parhez qaysi rangdagi, hamda shirin yoki nordon olma yoyish bilan cheklanmagan. Siz oʼzingizga yoqqan navdagi va rangdagi olmani tanovul qilish xuquqiga egasiz. Yana bir narsa: parhezning beshinchi kunidan boshlab kundalik taomnomangizga 1-2 burda qora non kiritishingiz mumkin.
Olmali parhez ayrim surunkali kasalliklar bilan xastalangan beʼmorlarga zarar koʼrsatishi mumkin.
— Oʼn ikki barmoqli ichak yarasi bor bemorlarga nordon olma yeyish mumkin emas!
— Oshqozon yarasidan aziyat chekadiganlarga shirin olma yeyish mumkin emas!
— Yurak va qon tomirlari kasalliklarida 1 kg olmaga 100 gr shakar qoʼshish lozim.
Olmali parhezning yagona kamchiligi shundan iboratki, baʼzilar ikki haftalab faqat olma tanovul qila olsalar, boshqalar birinchi kundanoq oʼzlarini yomon his qila boshlaydilar. Har bir organizm oʼziga alohida yondashuvni talab qiladi. Yaʼni, olma bir organizmga yaxshi taʼsir koʼrsatsa, boshqasida salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Shu sababdan, bu parhezni qoʼllashdan avval albatta, oʼz shifokoringiz bilan maslahatlashing!