Boshqalarning fikriga quloq solasizmi? Unga hurmat va sabr bilan munosabatda bo’la olasizmi? Buni aniqlashni istasangiz, quyidagi sinov savollariga juda uzoq o’ylamasdan javob bering. Javoblarning har bir b) varianti uchun 2 balldan qo’shib boring.
?????????????????????????????????????????????????????????
1. Sizda qiziq g’oya paydo bo’ldi, deb hisoblayapsiz. Ammo uni xech kim qo’llab-quvvatlamadi. Jahlingiz chiqadimi?
a) ha, b) yo’q.
2. Siz do’stlaringiz bilan uchrashdingiz, kimdir hamma birga o’yin o’ynashni taklif qiladi. Siz nimani tanlaysiz?
a) faqat yaxshi o’yinchilar ishtirok etsin, b) o’yin qoidasini bilmaydiganlar ham o’ynayversin.
3. Noxush xabarni tinch qabul qilasizmi?
a) ha, b) yo’q.
4. Jamoat joylariga mast bo’lib keluvchi odamlar jahlingizni chiqaradimi?
a) o’zini nazorat qila olmaydigan odamlarni yoqtirmayman, b) agar ular chegaradan chiqmasa, menga baribir.
5. Siznikidan farq qiluvchi kasbdagi, sharoitdagi, urfdagi odam bilan oson muloqot o’rnata olasizmi?
a) bu ancha qiyin, b) men bunday narsalarga ahamiyat bermayman.
6. Sizga hazil qilishsa nima qilasiz?
a) menga hazil ham, hazilkash ham yoqmaydi, b) hazil menga yoqmasa ham unga munosib javob berishga harakat qilaman.
7. Ko’pchilik odamlarning «birovning o’rnida o’tiribdi», «o’z ishini qilmayapti» degan fikrlariga qo’shilasizmi?
a) ha, b) yo’q.
8. Do’stlaringiz davrasiga o’z do’stingiz (dugonangiz) bilan keldingiz va u hammaning e’tiboriga tushdi. Siz nima qilasiz?
a) e’tibor mendan chetlashganidan norozi bo’laman, b) men bundan xursand bo’laman.
9. Mehmondorchilikda bir qariya zamonaviy yosh avlodni tanqid qiladi va o’tmishini maqtaydi. Siz nima qilasiz?
a) bahsga kirishaman, b) hurmat bilan tezroq ketaman.
Natija.
0-4 ball. Siz bo’ysunmas va o’jarsiz. Qaerda bo’lmang, o’z fikringizni ma’qullatishga harakat qilayotgandek tasavvur uyg’otasiz. Maqsadingizga erishish uchun tez-tez ovozingizni balandlatasiz. Sizning xarakteringiz bilan siz kabi fikr yuritmayotgan va sizdek harakat qilmayotgan odamlar bilan munosabat o’rnatishingiz qiyin.
6-12 ball. O’z e’tiqodlaringizni qattiq himoya qilishga qodirsiz. Ammo, shubhasiz, suhbat qurib, zarurat bo’lsa o’z fikringizni o’zgartirishingiz mumkin.Ba’zan ortiqcha keskinlik, suhbatdoshga hurmatsizlikka yo’l qo’yasiz. Shunday vaqtlarda kuchsizroq xarakterli odam bilan bahsda yutasiz. Ammo, g’alaba qilishning boshqa yo’li turganda «tomog’idan olish» shartmikan?
14-18 ball. E’tiqodlaringiz barqarorligi o’tkir aqlingizga juda munosib. Siz har qanday g’oyani tinglashingiz, bir qarashda bema’ni xulq-atvorni tushunishingiz mumkin. O’z fikrlaringizga tanqidiy munosabatdasiz va suhbatdoshingizning xato fikrlariga qo’shilmasligingizni hurmat hamda nazokat bilan bildira olasiz.