Sizning feʼlingizga mos yigit qanday?

Sizning juftingiz qanday boʼlishi kerak? Sizga qanday turdagi yigitlar kerakligini bilishni istasangiz, marhamat, savollarga javob bering va bilib oling.


Javoblarga beriladigan ballar: a) — 2 ball, b) — 3 ball, v) — 4 ball.

1. Begona erkak bilan bitta xonada yolgʼiz qolsangiz, oʼzingizni qanday his etasiz?

a) Hech narsa his etmayman, bu holatni nazorat qila olaman.

b) Qoʼrqaman, xonadan chiqishga urinaman.

v) Biroz noqulay, suhbatlashishga harakat qilmasam kerak.

2. Sizni qanday sport oʼyinlari koʼproq qiziqtiradi?

a) Jamoaviy oʼyinlar — xokkey, futbol, voleybol.

b) Tennis.

v) Figurali uchish.

3. Qaysi fikr siz uchun toʼgʼri?

a) Erkaklar yuragiga qorin orqali yoʼl topiladi.

b) Hamma erkaklar bir goʼr.

v) Puli bor erkak — xaqiqiy er.

4. Siz biror kim bilan telefon yoki internet orqali tanishib qoldingiz va uchrashuv belgiladingiz. Qaerda uchrashishni xohlardingiz?

a) Siz hali bormagan chiroyli restoranda.

b) Diskotekada yoki tungi klubda.

v) Kinoda.

5. Qaysi aktyor bilan uchrashishni xohlardingiz?

a) Аlisher Uzoqov.

b) Ulugʼbek Qodirov.

v) Farrux Soipov.

6. Boshligʼingiz sizni uyga kuzatib qoʼyishni taklif etdi. Siz qanday xayolga borasiz?

a) Biror nojoʼya gap-soʼz boʼlmasligi xaqida oʼylaysiz.

b) Аjoyib taklif deb hisoblaysiz.

v) Hamkasblaringiz alamdan kuysin deysiz.

7. Sizga soqol va moʼylovli yigitlar yokmaydi, yigitingiz esa soqol qoʼymoqchi. Bunga munosabatingiz?

a) Tezda bu fikrni qoralaysiz va fikridan qaytarishga kirishasiz.

b) Unga imkon yaratasiz, ehtimol bu unga yarashar.

v) Unga chiroyli soqol oladigan sovgʼa qilasiz va yaxshilik bilan fikridan qaytarasiz.

Natija:

2 — 14 ball. Sizning yigitingiz yoqimtoy, chiroyli, hamda xushmuomala boʼlishi sizga baxt keltiradi. Shu xislatga egalarni toping.

15 — 21 ball. Sizga sirli, ichimdagini top deydigan, hamda sizni himoya qiladigan etiborli yigit kerak.

22 — 28 ball. Sizga oʼziga ishongan mulohazali tushunadigan yigit kerak. Yigit tanlashda yuqoridagi xislatlarga koʼproq etiborli boʼling.