Qon guruhingiz fe’lingizdan so‘zlaydi.

1. I guruhga mansub qon vakillari hamisha 1-bo‘lishiga intiladilar. Oldiga qo‘ygan maqsadiga albatta, erishadilar. O‘z salohiyatlariga qattiq ishonish bilan birga juda rashkchi va ehtirosga boydirlar. Kasalikka oson taslim bo‘ladilar.


2. II guruhli qon sohiblari osoyishta muhitni, xotirjamlikni sevuvchi vazmin kishilardir. Atrofdagilar bilan oson til topishadilar va ta’sirchanligu sabr borasida juda ilg‘orlar. Ammo ko‘p hollarda ulardagi ta’sirchanlik pand berishi mumkin.


3. Qon guruhi III bo‘lganlar fe’l-atvorida xushchaqchaqlik hukmron. Ammo bu vazminlikdan begona degani emas. Bu qon guruh egalari bilan muloqot zerikish hissini uyg‘otmaydi. Ular sharoitga tez moslashadilar. Ba’zan xarakterlaridagi haddan ortiq erkinlik muammolar tug‘dirish mumkin.


4. IV guruh qon vakillari sokinlikni doimiy qurol hisoblashadi. Ular atrofida sodir bo‘layotgan har bir voqeaga real ko‘z bilan qaraydilar. Odatda ularning bir qarorga kelishlari juda qiyin kechadi.