Oilaning buzulishiga sabab bo`luvchi omillar!

Nikohni bekor qilishayotgan oilalar soni, dunyo bo`yicha nikohdan o`tiyotgan oilalar soni bilan taqqoslaganda, yildan yilga tenglashmoqda. Nikohning bekor qilishininshiga sabablar juda ko`p, bularning ichida eng asosiy omil, bu ham bo`lsa rashq.

Rashq sabab buzulib ketayotgan oilalar soni har bir insonni hayratga solishi muqarrar. Bularning ichida asosli va asossiz sabablar ham bor. Agarda oilalarning buzulib ketishiga sabab bo`luvchi omillar ro`yxatidan aynan rashqni olib tashlasak, deyarli to`rtta oiladan uchtasi o`z baxtli hayotini davom etishardi. Statistika bo`yicha olingan ma`lumotlarga asosan, hiyonat qilishdan shubxa asosida 100 oiladan 75 ta oilaning buzulib ketishi bu juda ayanchli hol. Bu holat shunisi bilan qizziq ki, bunday holatlar aynan rasman nikohdan o`tishgan oilalar orasida juda ko`p uchrayapti.


Erkak va ayol rashqga xar xil munosabatda qaraydi. Erkaklar uchun rashq jismoniy jixatdan tushuniladi, hatto turmush o`rtog`ining boshqa bir erkak bilan raqsga tushishi ham, bazi hollarda hiyonat deb bilishadi. Ayollar uchun esa hatto hissiy tuyg`ullar ham muhum o`rinni egallaydi. Turmush o`rtog`i hatto ayoliga hech qanday e`tiborsiz boshqa bir ayol bilan o`yin kulguda suhbatlashishi, ayol uchun bu hiyonat  deb tushunilishi mumkin.

Oilalarning buzulishiga sabab bo`luvchi rashqdan tashqari yana boshqa omillar ham mavjud. Psixologlar buni “ajoyib turtlik” deb ham atashadi. Bular:

Bir xil mezonlar:

– Uydagi tartib va tozalik

– Musiqa, kino, adabiyot va teledasturlarga bo`lgan qizziqishlari, aniqroq qilib aytadigan bo`lsak didlari bir xil bo`lishligi

– Keyin umumiy qizziqishlari

– Oilada uy hayvonlari bo`lishi yoki bo`lmasligi

– Er xotinning ochiq sur`atli kinolarga bo`lgan munosabatlari

Agarda shu ro`yxattan kamida ikkita bo`limi bo`yicha er xotinlarning munosabatlari to`g`ri kelmasa, oilani saqlab qolish uchun imkoniyatlar juda kam.

Bu ro`yxatga bir nazar soling. Bir qaraganda umuman assosiz sabablar dek tuyulishi mumkin. Lekin aynan shunda bo`mag`ur omillar sabab qanchadan qancha oilalar buzulib ketishyapti. Bu esa juda achinarli.

Oila bu muqaddas. Oilaning ichidagi muhit, uning tinchligi va albatta uning gullab yashnashi nafaqat erkak yoki ayolga bog`liq.  Oilaning faravon hayot kechirishiga aynan ikkala inson sababchi. Oilada eng kerakli deb sanaluvchi omillardan biri, bu er xotinning bir birlariga bo`lgan samimiy munosabatidir.