Turli muammolar va ko’ngilsizliklarni yurakka yaqin olish nafaqat ruhiyatga, balki organizmga ham qattiq zarba beradi. Hayot to’fonlaridan omon chiqishni istasangiz, o’zingizni ruhan va jismonan chiniqtirishga kirishing.
To’yib uhlang.
Uyquga to’ymagan insonning asablari juda tez yemiriladi. Buning oldini olish uchun uyqu tartibini izga soling. Kuniga 7-8 soatdan uhlash barobarida bir vaqtda yotib bir vaqtda turishga o’rganing. Ammo ovqatlanish yoki faol mehnat (aqliy va jismoniy) dan so’ng darrov yotib olish salomatlikka ziyon yetkazish mumkin.
Asablarni tinch holatga keltirish usullari
Shovqindan qoching.
Televizorga o’rganib qolgan odamlarning aksariyati uning shovqiniga ortiqcha etibor bermaydi. Vaholanki, ba’zida oynai jahon orqali uzatiladigan ma’lumotlar asablarimizga orticha yuk bo’lib tushishi mumkin. O’zingizga ma’qul bo’lgan dasturlar tugashi bilan televizorni o’chirib qo’ying. Qolgan vaqtlarda honangizda yoqimli musiqa (mumtoz musiqa bo’lsa, nur ustiga a’lo nur) yangrab turgani ma’qul.
Ochiq havoda sayr qiling.
Aqliy mehnat bilan shug’ullanadiganlar uchun bu usul o’ta zarur. Axir miya yaxshi ishlashi uchun kislorod bilan ta’minlanishi kerak!
Shifobaxsh giyohlar naf keltiradi.
Asablarni mustahkamlash va uyqusizlikni bartaraf etishda tirnoqgul ( kalendula) damlamasi juda yaxshi yordam beradi.1 oshqoshiq tirnoqgulni 1 stakan qaynagan suvda damlab qo’ying. Suzib olingan yarim stakan damlamani uyqudan oldin ichish zarur. Bu borada pustirnik giyohi ham yaxshi foyda beradi: 15 gramm giyoh 1stakan qaynoq suvda 20 daqiqa dimlab qo’yiladi. Asablarni tinchlantirishda do’lana hamda valeriana tindirmalarining aralashmasi ham qo’l keladi. Buning uchun ushbu aralashmaning 20 tomchisini yarim stakan suv bilan uyqudan oldin ichish zarur.
Taomnomangizni ko’zdan kechiring.
B guruhidagi vitaminlar asabiylikni yengish, xotirani mustaxkamlash va diqqatni jamlashga yordam beradi. Inson organizmida kalsiy yetishmasligi kuzatilsa u tajang va behalovat bo’lib qoladi. Ushbu muammodan halos bo’lishni istasangiz sut mahsulotlarini tanovul qiling.
Jismoniy mashqlarni kanda qilmang.
Badan tarbiya hotirjamlikni ta’minlay olishi o’z isbotini topgan. Shuningdek, mushaklar ishlayotgan paytda organizmda shodlik garmoni-endorofin hosil bo’lishi kuchayadi. Bu gormon stressga qarshi tabiiy vosita bo’lib hizmat qiladi.
Xayotga falsafiy nazar tashlang.
Har bir ishni mulohaza bilan hal eting, turli muvaffaqiyatsizliklarga uchrasangiz ko’nglingizni cho’ktirmang va hamisha ijobiy fikrlashga harakat qiling.
Yodda tuting: salbiy hislar asablarni yemirib tanani turli dardlarga duchor qiladi.