Portugaliyada dam olish

PORTUGАLIYA

Yevropa gʼarbida joylashgan quyoshli Portugaliya koʼpchilik sayyohlar orzu qilgan dam olish maskani hisoblanadi. Ushbu davlat iqlimi nihoyatda mayin va bu mamlakatning koʼplab yutuqlariga yana bir qoʼshimchadir. Pireney yarimorolining gavhari qitʼaning ignabargli oʼrmonlari va yashil palьmalar uygʼunligini oʼzida mujassam etganligi bilan maqtana oladi. Boy hayvonot va nabotot olamidan tashqari, bu yer koʼplab goʼzal binolar, tarixiy yodgorliklar va shahar tashqarisidagi sokin tor koʼchalarga ega. Poytaxt Lissabonning ramzi – Vifleem minorasini tomosha qilish uchun minglab sayohlar tashrif buyurishadi. Muqaddas Georgiy tosh qasrining ulugʼvorligi uning koʼp asrlik tarixi va ushbu bino ichida oʼtkaziluvchi dabdabali toʼylar anʼanasi bilan bogʼliq. Plyajda hordiq chiqarishni xush koʼruvchilar uchun Portugaliya ajoyib orollarni taklif etadi: mayin quyosh nurlarini taratib turuvchi Madeyra oroli, musaffo dengiz toʼlqinida jilvalanuvchi ertaknamo Аzor orollari va betakror manzarayu sara mehmonxonalarga ega Аlgarve provintsiyasi.


Portugaliyaga safarni buyurtma qilib, siz unutilmas plyaj hordigʼini va eʼtiborga molik joylarda ekskursiya qilish imkoniyatini qoʼlga kiritgan boʼlasiz. Portugaliyaga yilning istalgan vaqtida tashrif buyurish mumkin. Bordiyu changʼida uchishni orzu qilib yurgan boʼlsangiz, bu orzuingizni yanvarь yoki fevralь oylarida amalga oshirishingiz mumkin.


Portugaliyada dam olish – bu yuqori saviyali servis xizmati, olam-olam quvonch va turli-tuman oʼyin-kulgi.