Yaponiyaga safar

YAPONIYA

Kunchiqar yurt Yaponiya – bu oʼtmishdagi samuray anʼanalari va zamonaviy yuqori texnologiyali megapolislarning oʼzaro uygʼunligi. Mamlakat vulqonli hududda joylashgan, shu sababli uning qaʼrida koʼplab mineral chashmalar mavjud. Yaponiyaning madaniy oʼziga xosliklari bilan toʼliq ravishda tanishish uchun ushbu yurtga tashrif buyurishning oʼzi kifoya. Bonsay sanʼati, choy marosimlarining latofati, yapon milliy kiyimi kimononing ajibligi, ikebanalarning goʼzalligi va albatta, anʼanaviy sakura gullashi – bularning barchasini faqatgina ushbu sharqiy mamlakatda uchratasiz. Poytaxt Tokioda tahsinga sazovor yodgorliklarni koʼrishingiz mumkin, jumladan: Imperator saroyi, Dzodzyodzi budda ibodatxonasi, sokin Siba bogʼi, oʼzingiz va yaqinlaringiz uchun bir talay mayda-chuyda buyumlarni xarid qilishingiz mumkin boʼlgan Nakamise esdalik sovgʼalar koʼchasi. Tokio Milliy muzeyini ham borishingiz kerak boʼlgan joylar roʼyxatiga qoʼshishni unutmang, chunki u yerda jahondagi eng yaxshi yapon sanʼati kollektsiyasi namoyish etiladi.


Yapon oshxonasi – guruch va dengiz mahsulotini xush koʼruvchilar uchun jannatning oʼzginasi. Ushbu davlat mashhur rolli va sushilarning vatani.


Kunchiqar yurtga tashrif buyurish uchun eng qulay vaqt mart-iyunь va sentyabrь-oktyabrь oylaridir.


Yaponiya boʼylab ekskursiya – bu siru sinoatlar va qadimiy jumboqlar yurtiga sayohat.


Yaponiyaga safar – bu takrorlanmas tabiatning goʼzalligi, koʼngil xotirjamligi, dengiz havosi va mazali milliy taomlar.