GRETSIYa
Gretsiya – yuqori darajada rivojlangan sayyohlik infratuzilmasiga ega haqiqiy jannatmakon oʼlka, yumshoq iqlim, fusunkor tabiat, musaffo dengiz, yashil togʼlar va ajoyib plyajlar mamlakati. Hozirgi paytda Gretsiya – bu eng mashhur va xavfsiz sayyohlik yoʼnalishi: soʼnggi 20 yil davomida bu yerda sayyohlik infratuzilmasining sezilarli oʼsishi kuzatilmoqda. Bundan tashqari, zamonaviy texnologiyalar va xizmat koʼrsatish sohasining yaxshilanishi tufayli Gretsiyadagi qishloqlarning hayoti shahar hayotidan deyarli hech nimasi bilan farqlanmaydi. Bu yerdagi aholi nihoyatda mehmondoʼst va dilkash.
Moʼʼtadil Oʼrtaer dengizi iqlimi mukammal dam olish uchun barcha sharoitlarni muhayyo etadi. Bu yerning qishi yuqori darajadagi namlik bilan farqlanadi, yozi esa aksincha, quruq va issiq. Iyulda oʼrtacha harorat +32°S. Bahor va kuzda ob-havo doimo oʼzgarib turadi. Bu vaqtni plyajda dam olgandan koʼra yaxshisi noyob obidalar bilan tanishishga sarflagan maʼqul. Gretsiya sohillarida va orollarida yozgi jazirama dengiz shamoli hisobiga yengil kechadi. Yirik shaharlarda shamolsiz vaqtda havoning issiqligi koʼproq seziladi. Plyajda dam olish uchun qulay fursat – sentyabrь va oktyabrь. Suv iyunь boshlariga kelib iliy boshlaydi va yozdan soʼng biroz muddat, oktyabrь va noyabrgacha shu holatda qoladi. Eng mayin ob-havo Kritda va Egey dengizi orollarida kuzatiladi. Bu yerda yanvarning oʼrtacha harorati +10°S atrofida boʼladi.