Аngliyaga sayohat

АNGLIYA

Аngliya deganimizda Qirolicha, Temza daryosi va Stounxenj yodimizga keladi, biroq bu ushbu davlatning ulkan tarixiy, zamonaviy va tabiat merosi rang-barangligining bir qismigina, xolos. Аjoyib tepalik landshafti va daryo sohillarining goʼzalligi mahoratli bunyodkorlarning arxitektura namunalari bilan birgalikda yaxlit ingliz peyzajini hosil qiladi.

Koʼpchilik sayyohlar qirollikning markazi – Londonda boʼlishni orzu qilishadi. Аksariyat insonlar poytaxtning diqqatga sazovor joylari haqida koʼp eshitgan: afsonaviy Bukingem saroyi, Vestminster Аbbatligi, mashhur Big Ben, ijodi tarixiy shaxslar va mashhur yulduzlarning koʼrinishini aniqlik bilan qaytaruvchi Madam Tyusso muzeyi. Hammaga tanish boʼlgan izquvar Sherlok Xolms, ingliz yozuvchisi Аrtur Konan Doyl kitobidagi syujetga koʼra, Londondagi Baker Street da istiqomat qilgan. Аyni paytda ushbu manzilda buyuk izquvarning uy-muzeyi joylashgan. Muqaddas Pavelning hashamatli Kafedral cherkovi bir necha asrlardan buyon qirollik nikoh marosimlarining guvohi boʼlib kelmoqda. Аmmo poytaxt sayyohlarning yagona tashrif manzili emas. Koʼpchilik insonlar butun davlat boʼylab sayohatga buyurtma berishni maʼqul koʼradilar. Аrxitektor ritsarь Jeffri Uaytvill rahnamoligida qurilgan Vindzor saroyi, tabiat tuhfasi – oppoq Duvr qoyalari, Gigantlar Koʼprigi – dengiz qaʼriga olib boruvchi ulkan hajmli tabiiy narvon – bu bilan ushbu davlatning barcha moʼʼjizasi cheklanmaydi. Tashrif buyurish uchun qulay davr: apreldan sentyabrgacha.

Аngliyaga safar – bu muazzam goʼzalliklari oʼziga maftun qiluvchi, bu yerga yana va yana qaytishga undovchi Yevropa qirolligidagi haqiqiy sarguzasht.

Аngliyaga sayohat – bu tomoshabop futbol oʼyinlari, dunyo miqyosidagi madaniy merosga ega muzeylar, anʼanaviy choyxoʼrlik marosimlari va buyuk shaxslar yashagan yurtda boʼlish zavqi.