Estoniyada dam olish
ESTONIYa
Estoniya Sharqiy Yevropaning eng shimolida, Boltiq dengizi qirgʼoqlarida joylashgan. Oʼlka tabiati oʼziga xos va maftunkor, mamlakat gʼarbida qaragʼayzorlar qumli plyajlarga tutashib ketgan boʼlib, janubi-sharqda oʼrmonzor tepaliklar va koʼllardan iborat manzara koʼrinadi. Estoniyada nafaqat plyajda dam olish, balki shifobaxsh balchiqlar yordamida oʼtkaziluvchi sogʼlomlashtirish muolajalarini taklif etuvchi jahonga mashhur bir nechta kurortlarda sogʼliqni tiklash mumkin. Istalgan sayyohni nemis ritsarlari davridan buyon saqlanib kelayotgan koʼplab tarixiy yodgorliklar hayratga solishi aniq. Koʼplab qasr va qoʼrgʼonlar ushbu hudud tarixiga bevosita daxldorlik hissini his qilishga yordam beradi. Yepiskop qalʼasi – oʼzining oʼrta asrlardagi qiyofasini saqlab qolgan Boltiq davlatlaridagi yagona qalʼa. Laxemaas bogʼi, Tallin ratushasi, barokko uslubida qurilgan Kadriorg saroy-bogʼ ansambli, muzeylar va koʼplab boshqa diqqatga sazovor joylarni faqatgina Estoniyada tomosha qilishingiz mumkin.
Estoniyada sayyohlik mavsumi yil boʼyi davom etadi, bu vaqt ichida davlatga 2,7 mln.ga yaqin inson tashrif buyuradi.
Estoniyaga safar – bu unutilmas taassurotlar va yorqin xotiralar, madaniy yuksalish va ajoyib tabiat.
Estoniyada dam olish – bu moʼʼjizaviy tarix olamiga nazar solish uchun ajoyib imkoniyat.