“ 0 raqami”
Diqqat mening nomim nol,
O’quvchim sen ogoh bo’l.
Yolg’iz tursam yo’qman men,
Sherik bo’lsa to’qman men.
Yozilishim qiyinmas
Dum-dumaloq chizsang bas!
“ 1 raqami”
Bir degan sanoq sonman ,
Sanash uchun osonman
Bitta yurak bitta bosh,
Bitta oy, bir quyosh,
Yozishga ham o’ng’ayman,
Qoziqchaga o’xshayman
“ 2 raqami”
Ikki degan nomim bor,
Ikki birdan men tayyor.
Ikki qo’l, ikki oyoq,
Ikki ko’z, ikki quloq,
Nimaga o’xshayman xo’sh
Xuddi ko’ldagi oqqush !
— “ 3 raqami”
Uchta birman nomim uch,
Birlashganda bo’lar kuch.
Uchgacha sanayman der,
Shart o’ynagan har bir sher.
Yozish uncha qiyinmas,
Tishlangan ikki kulcha.
“ 4 raqami”
Men to’rt degan raqamman,
Ikki ikkidan jamman.
Bo’lsa ikki juft o’rtoq,
To’rtta ulfat o’sha choq.
Yozishni mashq qil picha,
Bir oyog’i narvoncha !
“ 5 raqami”
Besh degulik nomim bor,
Raqamlar ichra ilg’or.
Bir-bir qo’shsa anchaman,
Qo’ldagi besh panjaman.
Yaxshi tirish yozmoqqa,
Sal o’xshayman qarmoqqa.
“ 6 raqami”
Beshdan keyin oltiman,
Raqamlarning oldiman.
Ikki uchni qo’shsang bas,
Hech qachon esdan chiqmas .
Yozishni lozim bilmoq
Guyoki oddiy ilmoq
“ 7 raqami”
Mening nomimdir yetti,
Endi demanglar mitti.
Oltidan bitta ko’pman,
Yetti yulduzman to’pman.
Chizginda kichik o’roq,
Beliga boyla belboq.
“ 8 raqami”
Sanamay demang sakkiz,
Ikki to’rtni qo’shsangiz,
Hosil bo’laman shu on,
Yaxshi bilgin ukajon
Yozilishim bil qani,
Tasavvur qil pillani.