Uyg’onmagan qancha bilmaydi hech kim
Saharda uyg’onib ko’z ochdik shukur
Qora mayiz bilan novvot bol bilan
Tinch nonushta qilmoq qanchalar huzur
Ko’rdik charaqlagan bobo quyoshni
Goh yozda qiziymiz goh yashnar bahor
Kapalak raqsini,maysa rangini
Umrida bir bora ko’rmaganlar bor
Yurib charchadingiz, toliqdingizmi
Noshukurlik qilmang, ozgina o’ylang
Oyoq kiyimi bor, ammo kiyishga
Oyog’i yo’qlarning holini so’rang
Libosingiz yoqmay jig’ibiyronsiz
Kiyim ko’pligidan yotar qalashib
Do’ppi topilar deb jon qayg’usida
Tentiydi qashshoqlar ushoq talashib.
Bolalar uyida g’arib go’daklar
Zor yurar bir marta ona deyishga
Ikkita issiq non olingda darrov
Boring onanggizni ko’rib kelishga.
Sizni bugun ishdan bo’shatishdimi
Shumi tashvishingiz shumi muammo
Qarang o’z uyini bo’shatib qo’yib
Muhojirlar yig’lar vatandan judo.
Orzu havas ko’rmay o’tayapman deb
Noliyapsiz, balki og’rinayapsiz
Qaydadir ochlikdan qirilyapti xalq
Suv deb yig’layapti, eshitmayapsiz
O’g’lingiz shifokor bo’ladi bugun
Uni quchoqlaysiz g’ururga to’lib
Qaydadir bir ayol o’ksib dod solar
Bola yo’q beshikka boshini qo’yib
Oxirgi pulni ham ishlatdingizmi?
Xudo yetkazadi banda rizqini
Umr tilang xasta bemorlarga siz
Bugun kimlarnidir oxirgi kuni.
Boriga shukur deng yo’g’iga sabr
Choyxonaga chiqing kutar ulfatlar
To’ylarga borasiz chiroyli bo’lib
Qo’lingizga to’lib ketgan to’y xatlar
Tog’ desangiz tog’ bor, bog’ desangiz bog’
Daryolar mavj urar har tomon yashnar
To’lib toshib yotar to’kin bozorlar
Kim nima izlasa o’shani topar.
Doim sergak turing va ahil bo’ling
Vatanni avaylang to’rtta tomonda
Yana bir chiroyli tong yorishmoqda
Baxtiyorlar yurti O’zbekistonda!
Мўминларнинг иймони ҳар нарсага синмайди! |
Равзангизнинг қошида бир кабутар йиғлайди,Ҳувиллаган Мадина, у бағрини тиғлайди,Янчилган бу кўнгиллар, санчилган бу кўнгилларҚонаётган ярасин, қайси мардлар боғлайди?!Расулим-о, Расулим, бузилганим рост эди,Бошимдаги бу дардга гуноҳларим мос эди.Бу дунё бир томонда, Сиз бир томон ўхшайсиз,Наҳот Даргоҳингизга ҳеч ким арзимас энди?!..Сиздан кейин хўрсиниқ, ҳувиллаган дун қолди,Кўзларимда ёш эмас, куйдиргувчи қум қолди.Саловатсиз кунларим, ҳаловатсиз тунларим,Равзангиз-да бўш турар, қандай ёмон кун қолди…Эшигингиз олдида бир кабутар йиғлайди,Унинг эгик бошини, қайси ўғлон силайди.…Бу кунлар ҳам ўтаро, аё кўнглим тик тургин,Мўминларнинг иймони ҳар нарсага синмайди |