O’ZBEKISTON BAYROG’I (bolalar uchun sher)

🇺🇿 O’ZBEKISTON BAYROG’I

🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸

Qalbimiz to‘la surur,

To‘tiyo yurt tuprog‘i,

Hilpirab turar mag‘rur,

O‘zbekiston bayrog‘i.

🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸

Rangi hayot misoli,

Yulduzlari hiloli,

Mustaqillik timsoli,

O‘zbekiston bayrog‘i.

🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸

Naqorat:

Iftixor dilimizda,

U yo‘ldosh yo‘limizda,

Yuksalar qo‘limizda,

O‘zbekiston bayrog‘i.

🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸

Gumbazlarda, yuksakda,

Peshtoqlarda, falakda,

Ko‘ngillarda, yurakda,

O‘zbekiston bayrog‘i.

🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸

Rangi hayot misoli,

Yulduzlari hiloli,

Mustaqillik timsoli,

O‘zbekiston bayrog‘i.

🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸